August 24

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Yangiyo‘l tumanida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ shuni malum qiladiki, suvta’minot korxonasi bilan ikki tomonlama shartnoma tuzmasdan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib foydalanganligi uchun Yangiyul tumanida faoliyat yurituvchi "HTB-AS INVEST" MCHJ korxonasiga 294 511 319 (mln) so‘m hisob-kitob kilingan.

Ushbu xatti-harakat uchun “HTB-AS INVEST” MCHJ rahbari A.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatta ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, unga JK ning 57-moddasi qo‘llanilib, bazaviy hisoblash mikdorining 150 barobar miqdorida, ya’ni 45 000 000 (mln) jarima jazosi tayinlandi.

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ istemolchilardan ushbu holatlar takrorlanmasligi uchun ichimlik suvidan qonuniy ravishda foydalanishni hamda ichimlik suv uchun to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishni so‘rab qoladi.

ВИДЕОЛАВҲА

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat