“Toshkent viloyati suv ta’minoti”: Toshkent tumanida sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan va tasdiqlangan Ommaviy sayyor qabullar jadvaligan asosan, 2024-yil iyun oyida Toshkent tumanida aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha murojaatlar o‘rganilib, joyiga chiqqan holda yechim topmoqda.
Toshkent tumanida 2 murojaat rasmiylashtirildi:
Irgashev Xasan Ilyasovich – 408-Qaroriga asosan o‘tkazilgan oqova quvurlarini markaziy oqova quvuriga ulash masalasi;
Xamidxo‘jayev Yo‘ldosh Axmadxo‘jayevich – ko‘p qavatli uyning 40-qavatiga ichimlik suvi bosim pastligi sababli amaliy yordam so‘radi.
2 ta murojaat bo‘yicha joyida tegishli tushintirish berildi.
“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori tomonidan sayyor qabullarda nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat