“Toshkent suv taʼminoti”: Bo‘stonliq tumanining “RTS” suv inshootida ЭЦВ 10/120-80 nasos agregati o‘rnatildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Bo‘stonliq tumani filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan “Tovoqsoy” MFYdagi “RTS” suv inshootida ЭЦВ 10/120-80 nasos agregati ta'mirlandi.
Xususan, ЭЦВ 10/120-80 nasos agregati “Talpin” va “Yoshlik” MFYdagi iste’molchilarni doimiy ichimlik suvi bilan ta'minlay olmagan.
Mazkur “Tovoqsoy” MFYdagi “RTS” suv inshootida orqali “Talpin” va “Yoshlik” MFYda 1200 ta xonadon egalari qayta toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat