“Toshkent suv taʼminoti”: Bo‘stonliq tumani “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida diametri Ø150 mm li suv quvur nosozligi bartaraf etildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Bo‘stonliq tumani bo‘limiga tegishli tartibda “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
Xususan, Do‘stlik ko‘chasida diametri Ø150 mm li suv quvuri eski holatga kelib qolganligi sababli, yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bo‘stonliq tumani bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, maxsus uskunalar bilan diametri Ø150 mm bo‘lgan suv quvurining yoriq joyi ta’mirlandi.
Mazkur “Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalari qayta toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Maʼlumot uchun, dispetcherlik xizmati ☎️ (70) 74-22-456
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.