July 6, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: “O‘zsuvtaminot” aksiyadorlik jamiyati (АJ) mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Qibray tumanida ichimlik suv va oqova tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni o‘rganishmoqda (Foto+video)  

Bosh sahifa | Русский язык

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati (АJ) mutaxassislaridan iborat ishchi guruh sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida bo‘lib turibdi.

“O‘zsuvta’minot” АЖ, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ abonentlar boshqarmasi bo‘limi hamda Qibray tumani bo‘limi xodimlari tomonidan ichimlik suv va oqova tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari olib borildi.

Ushbu o‘rganish jarayonlarida 2023-yil 5-iyunida jami 63 ta isteʼmolchilar bilan muloqot qilinib, xatlov ishlari olib borildi:

1-guruhda 13 ta iste’molchining xonadonini o‘rganishganda, 2 ta iste’molchida tamg‘a uzilganligi;

2-guruhda 14 ta iste’molchining xonadonini o‘rganishganda, 2 ta iste’molchining xonadonidagi ko‘rsatgich ishdan chiqqanligi aniqlandi;

3-guruhda 15 ta iste’molchining xonadonini o‘rganishganda, 3 ta iste’molchida DQQ tamg‘asi yo‘qligi; 2 ta iste’molchida DQQ muddati o‘tganligi aniqlandi;

4-guruhda 6 ta iste’molchining xonadonini o‘rganishganda, 2 ta iste’molchida DQQ muddati o‘tganligi, 1 ta iste’molchi noqonuniy suvga ulanib olganligi aniqlandi;

5-guruhda 15 ta iste’molchining xonadonini o‘rganishganda, 1 ta iste’molchida noqonuniy suvga ulanib olgani aniqlandi.

Eslatma: O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati (AJ) mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganishlarni davom ettirishmoqda.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati