October 7

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” xodimlari Turkiyadagi mahalliy kompaniyalarning suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida tajriba almashishdi (Foto)  

Bosh sahifa | Русский язык

2014-yilning 13-24-may kunlari Jahon bankining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish va institutsional salohiyatni oshirish” dasturi (WASIS) ijrosini baholash bo‘yicha missiyasi doirasida “O‘zsuvta’minot” AJ mutaxassislari salohiyatini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.

2020-yildan boshlab "O‘zsuvta’minot" AJ Jahon bankining moliyaviy ko‘magida "O‘zbekistonda suv ta’minoti sektorini va uni institutsional qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish" (WASIS) loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Loyihaning maqsadi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya qamrovi, sifati va samaradorligini yaxshilashdan iborat. Shuningdek, loyiha soha xodimlarining, shu jumladan "O‘zsuvta’minot" mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shunga binoan ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va bilim almashish maqsadida birinchi xorijiy o‘quv safari tashkil etildi.

15-21-sentabr kunlariga mo‘ljallangan dasturi asosida “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari Turkiyadagi mahalliy kompaniyalarning suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida mamlakatga tashrif buyurishdi. Delegatsiya Anqara va Konya shaharlaridagi suv tozalash inshootlarida bo‘ldi.

Xususan, Konya suv-kanalizatsiya idorasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda shaharning suv va kanalizatsiya boshqaruvi tizimi bo‘yicha taqdimot qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Konyada aholi 2,3 mln kishini tashkil etib, abonentlar bazasi 1,2 mln nafar aholi bilan 100 % qamrovni tashkil etadi.

Shuningdek, Konya shahrida joriy qilingan GIS tizim bo‘yicha ham alohida taqdimot qilindi.

Taqdimotdan so‘ng, guruh a’zolari KOSKI avariya xizmati hamda oqova suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, KOSning quvvati 200 ming m3/sutka bo‘lib, ayni kunlarda mazkur quvvatni 400 minggacha yetkazish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida mutaxassislar xizmat ko‘rsatishning turli jihatlari: sifatni nazorat qilish tizimlari, iste’molchilar bilan hisob-kitoblar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash jarayonlarini boshqarishning IT-tizimlari namoyish etildi. Turkiyalik ekspertlar suv iste’moli va yo‘qotilishini o‘lchash va hisobga olish standartlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu dastur Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, Shveytsariya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikdir. U iqlim o‘zgarishi sharoitida mintaqaviy darajada va benefitsiar mamlakatlarda suv-energetika xavfsizligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi xodimlar malaka va ko‘nikmalarini boyitishga, suv taʼminoti tizimini yana-da takomillashishi va xizmat sifatining oshishiga xizmat qiladi.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat