“Toshkent suv taʼminoti”: Yangiyo‘l tumani Niyozbosh MFY hududidan o‘tuvchi diametri Ø1000 mm li ichimlik suv quvuri ta’mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yangiyo‘l shahar filialiga Niyozbosh MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Yangiyo‘l shahri filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Niyozbosh MFY hududidan o‘tuvchi diametri Ø1000 mm li ichimlik suv quvurida nosozlik holati aniqlangan.
2023 yil 6 avgust taxminan soat 12:20dan Niyozbosh suv inshootidagi nasos agregati vaqtincha to‘xtatilgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangiyo‘l shahri filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, maxsus uskunalar bilan diametri Ø1000 mm bo‘lgan suv quvurining nosoz joyi ta'mirlandi.
Yangiyo‘l shahar hududida (Turkiston MFY, Oltinobod MFY, Mustaqillik MFY, Navro‘z MFY, Mevazor MFY, Yangibog‘, Fayzli MFYning qisman ko‘chalari) ichimlik suv ta'minotidagi uzilishlar qayta tiklandi.
Маʼлумот учун, диспетчерлик хизмати ☎️+998706060214, +998978715313
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.