June 24, 2023

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori boshchiligida yanvar–may oylari faoliyati yakunlarining ustuvor vazifalari muhokamasiga bagʼishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori boshligʼi No‘mon Аminov boshchiligida direktor o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, shahar, tuman bo‘lim rahbarlari ishtirokida kuni kecha videoselektor o‘tkazildi.

MChJ direktori yig‘ilish avvalida “Toshkent suv taʼminoti” MChJ va hududiy suv taʼminoti korxonalarida korruptsiyaga qarshi kurashish, har qanday yo‘l bilan uni oldini olish kerakligi borasida qatiy topshiriqlar berdi.

Yigʼilishda Toshkent suv taʼminoti” MChJ uchun Davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirilgan holda sarhisob qilish;

– shahar-tuman bo‘limlari tasarrufidagi suv inshootlariga yangi nasos va chastota konvertori yaʼni elektr tokining (kuchlanish) chastotasini o‘zgartirish uchun elektron qurilma (PChT) xarid qilinishi;

– isteʼmolchilarga o‘z vaqtida va sifatli ichimlik suvini yetkazib berish suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yo‘qotilishini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini;

– isteʼmol qilinayotgan suvning va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish hisobidan kamaytirish;

– ichimlik suvini tayyorlashda ichimlik suvi inshootlari elektr energiyasi bilan taʼminlanishi uchun zarur choralar ko‘rish;

– zamonaviy suvni hisobga olish asboblarini va energiyani tejaydigan nasos uskunalarini o‘rnatish;

– oylik pul tushum rejasini bank ish kuni boʼyicha taqsimlash choralarini ko‘rish;

– ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Jamiyatning moliyaviy iqtisodiy jihatdan barqarorligini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–408-sonli Qaroriga qo‘shimcha mablag‘ ajratilganligi bo‘yicha aniq va amaliy choralar ko‘rish to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib, yig‘ilish ishtirokchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati