July 28, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent viloyati ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash bo‘yicha 2023-yilda bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

2023-yilda Toshkent viloyatida jami qarorlar bo‘yicha 497 ta ichimlik va oqova suv obyektlarida qurilish-montaj ishlari uchun 851,2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, 238 ta ichimlik va oqava suv inshootlari va 2061,6 km ichimlik va oqava suv tarmoqlarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan.

Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–172-sonli Qarorning 6-bandiga ko‘ra, ichimlik va oqova suv ta'minoti ob'ektlarini qurilish-ta’mirlash ishlarida Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK buyurtmachi etib belgilangan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida jami 95,1 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobidan 44 ta mahallalarga 324,5 km ichimlik suv tarmoqlari va 38 ta yangi suv inshootlarini barpo etish rejalashtirilgan. Biroq, bugungi kunda, jami 322,5 km (88,2%) ichimlik suv tarmoqlari va 22 ta suv inshootlarini qurish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi "Mahallalarda infratuzilmani yaratish orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi VMQ-435 -sonli Qaroriga asosan ichimlik va oqova suv ta'minoti ob'ektlarini qurilish-ta'mirlash ishlarida viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK buyurtmachi etib belgilangan. Mazkur qarorga asosan, 31 ta mahallalarda 117 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish ishlariga 45,2 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Hozirgi kunga qadar, rejadagi tarmoqlardan 109,7 km ya'ni (rejaga nisbatan 85,7 %)qismini yotqizish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-maydagi “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5118-son Qaroriga asosan 17 mln AQSh dollari mablag‘i hisobidan jami 446,9 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 41 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda, qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan jami 264,1 km uzunlikda ichimlik va oqava suv quvurlari va 16 dona suv quduqlarini qazish ishlari amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–408-sonli Qaroriga asosan Dastur doirasida jami 532 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 1187,4 km (1140,8 km ichimlik va 46,6 km oqova) tarmoqlarini tortish, 235 ta suv inshootlari va 2 dona oqova suv nasos stansiyalarini qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 1031 km tarmoq tortish va 201 dona suv qudug‘i, suv inshooti va 8 dona zulfinlarni o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. Qurilish ishlari davom etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–465-sonli Qaroriga asosan Dastur doirasida jami 401,6 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 254,5 km tarmoqlarini tortish, 28 ta suv inshootlari qurish va rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 115,7 km tarmoq tortish va 9 dona suv inshooti o‘rnatish ishlari bajarildi.

Ushbu qaror ijrosini tuman va shaharlar kesimida ko‘riladigan bo‘lsa, Toshkent viloyatining Nurafshon shahar aholisiga oqova suv xizmati кo‘rsatishni yaxshilash maqsadida, sutkasiga 4000 kup metr oqova suv tozalash inshooti (KOS)ni qurish hamda 30,7 km uzunlikdagi oqova suv tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan.

Davlat byudjet mablag‘lari hisobidan 141,9 mlrd so‘m mablag‘ loyhalashtirilgan bo‘lib shundan 18 mlrd so‘m mablag‘ quruvchi hisobiga o‘tkazilgan. Hududida 30.7 km oqova suv tarmog‘i tortildi va KOS inshooti qurildi. Hozirgi kunda qurilish ishlari 90% ga bajarilgan.

Yangiyo‘l shaharda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-sentabrdagi VMQ–809-sonli Qarori asosida tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq “Oqova suv tizimini tozalash inshoоti” obyekti bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari asosida “Komfort injenering Group” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Manzilli dasturga muvofiq obyektning umumiy qiymati 71 281,1 mln so‘mni tashkil etib, loyiha doirasida 3 dona transformator, aerotenk, nasos stantsiya, ABK, KPP, 2.5 km quvur yotqizish ishlari ko‘zda tutilgan. Obyekt qurilish doirasida 2019-yil qurilish-montaj ishlari uchun respublika byudjeti hisobidan 9 955,0 mln so‘m limit mablag‘lari ajratilgan. Shundan pudratchi tashkilotning hisob raqamiga 9 955,0 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4565-sonli “2020–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan obyektda 2020-yilda qurilish ishlarini davom ettirish uchun 1 579,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-apreldagi №41-sonli rayosat majlisi qarori bilan obyektda 2020-yilda qurilish ishlarini davom ettirish uchun 5 000,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Joriy yilning 29-yanvar holatiga qo‘ra pudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ish hajmlari uchun 14 090.4 mln so‘mlik bajarilgan ishlar dalolatnomasi (Forma 2) va hisob-faktura (Forma 3) to‘lovga taqdim etilgan. Bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida pudratchi tashkilotning hisob raqamiga 13 876.8 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilib berilgan.

Hozirda obyektni aylanib o‘tuvchi quvur ishlari olib borilgan, pardozlash ishlari, 1-2-turdagi qabul qiluvchi kameralari qurilish-montaj ishlari, aerotenk inshootida qurilish-montaj ishlari, qum bilan tindirish inshooti (peskolovka) da to‘liq demontaj ishlari va obyekt hududda to‘siq o‘rnatish ishlari olib borilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4936-sonli qaroriga asosan 2021-yil uchun 12 122.6 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hozirgi kunda Yangiyo‘l shahri “Oqova suv tizimini tozalash inshoati.” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabr kungi PQ-465-sonli qarori asosida qo‘shimcha 44 mlrd. 400 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Hozirgi kunda Yangiyo‘l shahri “Oqova suv tizimini tozalash inshooti”da loyiha-smeta hujjatlari asosida 7 ta podobyekt qurilmoqda (Abk, slivnoy, kompressornыy, peskolovka reshyotochniy, 35 kup metr rezervuar). “Komfort injenering Group” MChJ tomonidan 7 ta obyektda 8 ta texnika yordamida 60 ta ishchilar tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

Qurilish bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Atayev