“Toshkent suv taʼminoti”: Bo‘stonliq tumani Do‘stlik MFY aholisi “Qizil suv” magistral ichimlik suv tarmoqlaridan qonuniy yoki noqonuniy ulanganligi darajasi yuzasidan o‘rganishlar bo‘yicha (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “OMMАVIY АXBOROT VOSITАLАRI MUSTАQILLIGINI TАЪMINLАSh HАMDА DАVLАT ORGАNLАRI VА TАShKILOTLАRI АXBOROT XIZMАTLАRI FАOLIYaTINI RIVOJLАNTIRISh BO‘YIChА QO‘ShIMChА ChORА-TАDBIRLАR TO‘G‘RISIDА”gi PQ-4366 sonli Qaroriga muvofik, “Toshkent suv taʼminot” MChJ tomonidan axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor maʼlumotlarni tarqatish va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
2023-yilning 18-iyulda “Bo‘stonliq murojaat va yechimlar” telegramm kanalda e’lon kilingan videomurojaat yuzasidan, “Toshkent suv ta’minot” MChJning hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi mas’ul xodimlari bilan joriy yilning 19-22-iyulida Bo‘stonliq tumani Do‘stlik MFY (“Quruvchi” BUSh) hududini ichimlik suv bilan ta’minlovchi jamiyatning Bo‘stonliq tumani filialiga qarashliy “Qizil suv” magistral ichimlik suv tarmoqlaridan qonuniy yoki noqonuniy ulanganligi darajasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
“Quruvchi” BUSh hududida 518 ta dala hovlilar hamda 67 ta yerli xonadonlar mavjud. Shulardan 358 ta isteʼmolchi ichimlik suv tarmog‘iga ulangan.
O‘rganishlarga ko‘ra, Filial tomonidan Markaziy suv quvurining maxsus yig‘ma ichimlik suv temir bochkalariga 358 ta isteʼmolchilarga belgilangan tartibda ulab berilganligi maʼlum bo‘ldi. Ular bilan tegishli tartibda meʼyoriy hujjatlar rasmiylashtirilgan va ichimlik suvini nazorati yuzasidan hisoblagichlar o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, debitor qarzdorlik sababli 8 ta isteʼmolchi 18 300 000 (o‘n sakkiz million uch yuz ming so‘m) tarmoqdan o‘chirildi.
Xozirgi kunda, ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanishlar bo‘yicha holatlar aniqlanmadi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.