September 24, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: Angren shahar “Chinobod” MFYda diametri Ø76 mm ichimlik suv quvuri ta’mirlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Angren shahri filialiga “Chinobod” MFY Qahramon ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Angren shahri filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Angren shahri bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan:

“Chinobod” MFY Qahramon ko‘chasida diametri Ø76 mm li quvur ta’mirlandi.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat