“Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahar aholisini sifatli va toza suv bilan taʼminlayotgan suv inshooti to‘g‘risida (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Аholini sifatli va toza suv bilan taʼminlash katta gigienik ahamiyatga ega bo‘lib, insonlarni turli xil epidemik kasalliklardan himoya qiladi.
Kerakli miqdorda aholi punktlarini suv bilan taʼminlash uning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy shaharlarni suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun bir kecha kunduzda sarflanadigan suvning miqdori mln metr kublarni o‘z ichiga oluvchi katta raqamlarni tashkil etadi.
Sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash uchun suv manbalarini tanlashda asosiy eʼtibor ularni turli iflosliklardan himoya qilishga, suv tozalash inshootlarini himoya qilishga qaratilgan.
Ko‘p tarmoqli sanoatning ishlab chiqarish korxonalaridagi jarayonlar suv sarfi bilan bog‘liq.
Аyrim sanoat ishlab chiqarish korxonalari va energiya ishlab chiqarish korxonalari katta shaharlarni suvga bo‘lgan talabidan ko‘p miqdorda suv ishlatiladi.
Аyrim korxonalarni suvning sifatiga bo‘lgan talabi o‘zgacha va boshqachadir. Sarflanayotgan suvning sifati, miqdori va sanoat korxonalari suv bilan taʼminlash uning ishlab chiqarayotgan mahsulotining sifati va tannarxiga taʼsir etadi.
Shuniing uchun ishlab chiqarish korxonalarida suv taʼminotini to‘g‘ri tashkil qilish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Suv bilan taʼminlash masalasini hal qiluvchi inshootlar majmuasi yaʼni suvni manbaadan olib, tozalab, quvurlar orqali yetkazib va aholigi tarqatuvchi inshootlar suv taʼminoti tizimi deyiladi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahar bo‘limi suv inshootlari to‘g‘risidagi maʼlumot bilan tanishib chiqamiz
1-ko‘tarma suv inshooti(SDK): 1991-yilda qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 4,03 ga. Inshootning amalgadagi quvvati 100 000 m3/sut suv ko‘tarish quvvatiga ega. Inshootda hozirgi kunda 6 dona suv ko‘tarish nasos agregatlari mavjud.
5 dona Villo 250 kVt/1400 m3, 1 dona D 2500-62 500 kVt. rusumli agregatlari o‘rnatilgan.
“Ochiq suv xavzasi” inshooti: 1991-yil qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 19,21 ga. Inshootning amalgadagi quvvati 50 000 m3/sut suv ko‘tarish quvvatiga ega. Inshootda hozirgi kunda 4 dona suv ko‘tarish nasoslari mavjud bo‘lib, jumladan, 3 dona GTSB 400-300-500А hamda 1 dona D 2500-62 rusumli agregatlari o‘rnatilgan.
“Markaziy” suv inshooti: 1952-yil qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 62 ga. Inshootning amaldagi quvvati 30 000 m3/sut ni tashkil etadi. Inshootda jami 20 dona skvajina quduqlar mavjud bo‘lib, 11 dona ETsV, 1 dona D 1250/125 nasos agregatlari ishlaydi.
“Аrancha” 3-sonli suv olish inshooti: 1965-yil qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 4,156 ga. Inshootning loyihaviy quvvati 10 000 m3/sut bo‘lib, amaldagi quvvati 8 000 m3/sut ni tashkil etadi. 6 dona yer osti qudugʼi (skvajina) mavjud bo‘lib, 6 dona ETsV 10-160-35 nasoslari mavjud.
“Oqova suv tozalash” inshooti: 1975-yilda qurilgan bo‘lib. Egallagan yer maydoni 40,4 ga.
Maʼlumot uchun, ayrim daryolarga hamon sanoat korxonalaridan, sug‘orish sistemalaridan, aholi turar joylaridan har xil chiqindi suvlar tozalanmasdan tashlanmoqda. Bu suvlar tarkibida aholi sog‘lig‘i uchun zararli moddalar ko‘p bo‘lib, u aholi iste’moli uchun foydalanishni qiyinlashtirmoqda.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.