“Toshkent suv taʼminoti”: Piskentda ichimlik suv sifati belgilangan talab va qoidalarga muvofiq nazorat qilinmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tassarufida 13 ta laboratoriyalar mavjud, shulardan, 5 tasi oqova suvlar boʼyicha kimyo bakteriologik laboratoriyasi qolgan 7 tasi ichimlik suv laboratoriyalari va 1 ta markaziy analitik laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda.
“Toshkent suv ta'minoti” MChJ Piskent tumani filiali tassarufida 57 ta yakka tartibdagi suv inshooti mavjud.
Piskent tuman ichimlik suv laboratoriya xodimlari tomonidan Boshqizilsoy, Nevis Novdak, T.Rizayev va Davlatbuva suv inshootlari, Namdanak namunaliy uylar va S. Abdullayev, S.Xidiraliyev, F. Ubaydullayev xonadonlardan ichimlik suvi namunalari olinib, tahlil qilingan va tahlil natijalariga ko‘ra ichimlik suvi O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talablariga javob berishi, ya’ni ichishga yaroqli ekani aniqlandi.
Yarim yil davomida ichimlik suvini zararsizlantirishda 1 345 (bir ming uch yuz qirq besh) kg gipoxlorit natriy zararsizlantirish vositasi sarflangan.
2022-yilda tumanning ichimlik suvlarni zararsizlantirish uchun 2 818 (ikki ming sakiz yuz o‘n sakiz) kg ortiq giporxlorid ishlatilgan.
Tumanda ichimlik suv laboratoriyasi tomonidan 2023-yilda ichimlik suvidan jami 396 ta suv na'munasi olinishi reja qilingan, shundan birinchi yarim yillikda 196 ta suv na'munasi olinib, tahlil qilingan va tahlil natijalariga ko‘ra ichimlik suvi O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talablariga javob berishi, ya'ni ichishga yaroqli ekani aniqlandi.
Suv inshootlarga biriktirilgan mashinist xlorlovchi xodim ichimlik suvini gipoxlor natriy bilan zararsizlantirish ishlarini olib boradi.
Har soatda ichimlik suvidagi qoldiq xlor miqdorini aniqlab daftarga qayd qilib borishadi.
Ma’lumot uchun, tuman SEO va JS bo‘limi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib, shartnomaga asosan, suv inshootlardan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvini O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talabiga javob berish va ichimlikka yaroqligini aniqlash maqsadida har oyda tuman SEO va JS bo‘limi xodimi bilan birgalikda shartnomaga asosan tahlil na’munalari topshiriladi va tahlil natijalari yuzasidan viloyat markaziy lobaratoriyasiga ma’lumot berilib boriladi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat