July 3, 2023

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori Yangiyo‘l shahar bo‘limidagi ishlar holatini o‘rgandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminov boshchiligidagi Ishchi guruh aʼzolari tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ishlarni o‘rganish maqsadida “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Yangiyo‘l shahar bo‘limida bo‘ldi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tomonidan 2022-2023-yil kuz-qish mavsumida Viloyat aholisiga ichimlik suvini tizimli yetkazib berishni taʼminlash hamda sifatli suv quvur mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida qoʼshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori boshchiligidagi “Ishchi guruh” Yangiyo‘l shahar bo‘limi binosini ko‘zdan kechirishdi.

Ko‘zdan kechirish chog‘ida, Yangiyo‘l shahar bo‘limi binosining oldingi va hozirgi ko‘rinish holati bo‘yicha o‘rganishlar olib borilib, topshiriqlar berildi.

Shu bilan birgalikda “Ishchi guruh” mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

FOTOLАVHАLАR

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati