June 18, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha bo‘yicha Rasmiy munosabat

Bosh sahifa | Русский язык

Bugun, ijtimoiy tarmog‘da tarqalgan videolavha bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

2023-yil 16-iyun kuni Bo‘stonliq suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan suv quvurlarini yuvish jarayonida magistral suv quvuridagi maxsus suv chiqarish zulfini ochilgan.

Suv sifatini yaxshilash maqsadida olib borilgan chora-tadbirlar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, suv ta’minoti tizimini vaqti-vaqti bilan yuvish quvurlar ichidagi barcha loyqalik holatlarini tez va samarali ravishda olib tashlash hamda suv sifatini tozalashga imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmog‘da tarqalgan ushu videolavha O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 12 (1)-moddasining 2-qismiga muvofiq buzulgan.

Xususan “hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, uni darhol o‘chirib tashlashi” – deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

"Toshkent suv taʼminoti " MCHJ Matbuot xizmati

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.