June 23, 2023

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ direktori boshchiligida Zangiota, Chinoz, Yangiyoʼl tuman va shahrida suv taʼminoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash boʼyicha Sayyor qabul oʼtkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ direktori boshchiligida 2023-yil 22-iyun kuni Yangiyo‘l shahri suv taʼminoti bo‘limida Zangiota, Chinoz, Yangiyo‘l tuman va shahrida suv taʼminoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yahshilash bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ direktori va uning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, Zangiota, Chinoz, Yangiyo‘l tuman va shahar rahbar-xodimlari, hamda boshqa tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan suv taʼminoti va oqova suv xizmati tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha 8 ta murojaat kelib tushgan.

Xususan, Matluba Babadjanova, Natalya Nikolayevna, Аygul Safarova, Muxammadjon Аxmedov, Аmina Boltabaeva, Jamshid Raxmonov, Аvaz Isayev, Mamlakat Zakirova isteʼmolchilari tomonidan “Oqava suv tarmogʼiga ulanish”, “Ichimlik suvi masalasi”, “Ichimlik suvidagi qarzdorlik masalasi”, “Ichimlik suvi xisoblagichini rasmiylashtirish” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga tegishli javoblar olindi.

2023-yil 22-iyun kuni Yangiyo‘l shahri suv ta’minoti bo‘limida o‘tkazilgan sayyor qabuldagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan nazorat rejasi tasdiqlandi.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ direktori tomonidan ushbu nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

FOTOLАVHАLАR

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati