“Toshkent suv taʼminoti”: Ohangaronda ichimlik suv sifati belgilangan talab va qoidalarga muvofiq nazorat qilinmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Ohangaron shahrida ichimlik suv sifati belgilangan talab va qoidalarga muvofiq nazorat qilinmoqda.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tassarufida 13 ta laboratoriyalar mavjud, shulardan, 5 tasi oqova suvlar boʼyicha kimyo bakteriologik laboratoriyasi qolgan 7 tasi ichimlik suv laboratoriyalari va 1 ta markaziy analitik laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda.
Ohangaron shahar ichimlik suv laboratoriya xodimlari tomonidan 12 ta – Ohangaron, Qo‘rg‘on, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Yangiobod, Navro‘z, Shifokorlar, Xonobod, Munchoqtepa, O‘zbekiston, Boymatova, А.Nabiyev ko‘chalari va 53-dahada ichimlik suvi namunalari olinib, tahlil qilingan va tahlil natijalariga ko‘ra ichimlik suvi O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talablariga javob berishi, yaʼni ichishga yaroqli ekani aniqlandi.
Yarim yil davomida ichimlik suvini zararsizlantirishda 6050 (oltti ming ellik) kg gipoxlorit natriy zararsizlantirish vositasi sarflangan.
2022-yilda Shaharning ichimlik suvlarni zararsizlantirish uchun 9790 (to‘qqiz ming yetti yuz to‘qson) kg ortiq giporxlorid ishlatilgan.
Ohangaron shahar ichimlik suv laboratoriyasi tomonidan 2023-yilda ichimlik suvidan jami 258 ta suv naʼmunasi olinishi reja qilingan, shundan birinchi yarim yillikda 129 ta suv naʼmunasi olinib, tahlil qilingan va tahlil natijalariga ko‘ra ichimlik suvi O‘zDst 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talablariga javob berishi, yaʼni ichishga yaroqli ekani aniqlandi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Ohangaron shahar bo‘limi kun-u tun faoliyat yuritayotgan dispetcherlik va avariya xizmatlari navbatchiligi joriy etilgan.