October 19

24-Namangan viloyati saylov okrugidan 

Nasibaxon Abduganiyevna G‘afurova

24-Namangan viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Nasibaxon Abduganiyevna G‘afurova 1969-yil 12-oktabrda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1992-yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – vrach-pediatr.

2013-yildan Namangan shahar 6-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyoti shifokori vazifasida ishlab kelmoqda.

U mamlakatimizda aholi sog‘lig‘ini saqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalarida faollik va fidoyilik ko‘rsatgan.

Ko‘p yillik shifokorlik faoliyati davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish masalalarida katta tajriba to‘plagan, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, uch nafar farzandi bor.


Nasibaxon G‘afurova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.