Yesterday

44-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Ugiloy Ashuraliyevna Urazova

44-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Ugiloy Ashuraliyevna Urazova 1986-yil 15-avgustda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2013-yili Toshkent davlat pedagogika universitetini bakalavr, 2024-yili magistraturani tamomlagan. Ixtisosligi – o‘qituvchi.

2024-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Tashkiliy nazorat, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, qat’iyatli, ijtimoiy himoya masalasida o‘zining tashabbus va g‘oyalari bilan faol ishtirok etmoqda.


Ugiloy Urazova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.