Yesterday

47-Toshkent viloyati saylov okrugidan 

Shuxrat Xolmurodovich Haydarov

47-Toshkent viloyatisaylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Shuxrat Xolmurodovich Haydarov 1979-yil 18-yanvarda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2001-yili Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ixtisosligi – agronom.

2024-yildan Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.

U nazariy va amaliy tajribaga ega salohiyatli rahbar sifatida o‘zini namoyon etgan. Siyosiy еtuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, sohada foydalanilmayotgan va foydalanishdan chiqib ketgan еrlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish masalalarida katta nazariy va amaliy tajribaga ega, mas’uliyatli va qat’iyatli fidoyi inson.

Oilali, uch nafar farzandi bor.


Shuxrat Haydarov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.