Nurmatov Anvarjon Abdulxamidovich
Nurmatov Anvarjon Abdulxamidovich 1987-yili Andijon viloyati, Andijon shahridа tug'ilgаn.
Millаti – o‘zbek. Mа’lumoti – oliy. 2008-yildа Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tаmomlаgаn. Iхtisosligi – muxandis (avtomobil transporti), Iqtisodiyot (sohalar bo‘yicha).
Оilаli, ikki nаfаr fаrzаndi bor.
Mehnаt fаoliyatini
2007-yildа «Uz Dayewoo Avto Co» yopiq aksiyadorlik jamiyati amaliyot o‘tkazish uchun ishlab chiqarish boshqarmasi 1-ishlab chiqarish bo‘limi payvandchisi sifatida boshlagan.
2008-yildа «O‘tkir» mas’uliyati cheklangan jamiyati harakat xavfsizligi muhandisi,
2009-2012-yillarda «Kamolot» YOIH Andijon viloyati bo‘limi yoshlarni ijtimoiy masalalari, korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi, bo‘lim mudiri,
2012-2013-yillarda Andijon viloyat «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi, «Kamolot» YOIH Andijon viloyati bo‘limi raisi o‘rinbosari,
2013-2013-yillarda «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi qoshidagi Andijon Birlashgan texnika maktabi boshlig‘ining harbiy vatanparvarlik targ‘iboti va tashkiliy ommaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari,
2013-2019-yillarda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Andijon viloyati Kengashi raisining harbiy vatanparvarlik targ‘iboti va tashkiliy ommaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari,
2019-2021-yillarda Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyatining mudiri,
2021-2021-yillarda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti “Vatanparvar xamrox” unitar korxonasi raxbari,
2021-2022-yillarda Andijon viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,
2022-2023-yillarda Andijon viloyat hokimining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha yordamchisi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali raxbari,
2023-2024-yillarda Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
2024-yildan buyon Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lаvozimidа ishlаydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20, 25 yilligi ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan tаqdirlаngаn.
Dasturining asosiy yo‘nalishlari:
Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash; Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
Fuqaro kommunal xizmatlardan ta’minotchining aybi bilan uzilganda ta’minotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya to‘lash;
Barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish; Fuqarolarga ta’limning barcha tizimida teng imkoniyat yaratish,
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi sonini 20 nafardan, yuqori sinfda 24 nafardan oshirmaslik;
Ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.