29-Samarqand viloyati saylov okrugidan
29-Samarqand viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Sherzod Hamidovich Uzoqov 1985-yil 11-noyabrda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti - oliy.
2006-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini bakalavr, 2008-yili magistratura bosqichini tamomlagan. Ixtisosligi – menejment, dotsent.
2022-yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlab kelmoqda.
U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lib, aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.
Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajribaga ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali – bir o‘g‘li, bir qizi bor.
Sherzod Uzoqov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.