Today

43-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan 

Nargiza Kosimovna Xoldorova

43-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Nargiza Kosimovna Xoldorova 1979-yil 30-oktabrda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1998-yili Marg‘ilon hisob - kredit texnikumini, 2020-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi.

2023-yildan Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.

U nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali – ikki nafar farzandi bor.


Nargiza Xoldorova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.