Yesterday

45-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Kizilgul Ermatovna Kasimova

45-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Kizilgul Ermatovna Kasimova 1963-yil 1-noyabrda Toshkent viloyati, Piskent tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1987-yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – shifokor.

2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining a’zosi vazifasida ishlab kelmoqda.

2023-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

U sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish jarayonlarida, aholi sog‘lig‘ini saqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalarida faollik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida amaliy tajribaga ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Kizilgul Kasimova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.