Yesterday

50-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Mamura Ruzaliyevna Fazilova

50-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Mamura Ruzaliyevna Fazilova 1969-yil 29-dekabrda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1991-yili Moskva davlat Pedagogika universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

2021-yildan Toshkent viloyati Yangiyo‘l Agrotexnologiyalar texnikumi direktori vazifasida ishlab kelmoqda.

Uyuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan. Siyosiy yetuk, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash borasidagi qator takliflari ta’lim tizimi rivojlanishida keng qo‘llanilmoqda.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Mamura Fazilova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.