Yesterday

48-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Nasiba Zakirovna Kulbekova

48-Toshkent viloyatisaylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Nasiba Zakirovna Kulbekova 1983-yil 17-dekabrda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2007-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini bakalavr, 2010-yili magistraturasini, 2020-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini, 2023-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – o‘qituvchi, tilshunos, davlat boshqaruvi, moliya. Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

2024-yildan Toshkent viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.

Uning ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash borasidagi qator takliflari ta’lim tizimi rivojlanishida keng qo‘llanilmoqda.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Nasiba Kulbekova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.