October 18

5-Andijon viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

5-Andijon viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Mansurbek Kaxxorovich Zaylobidinov 1979-yil 15-avgustda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2008-yil Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. Ixtisosligi – suv xo‘jaligi va melioratsiya bo‘yicha muhandis.

2023-yildan Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qurilish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali,uch nafar farzandi bor.


Mansurbek Zaylobidinov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.