23-Namangan viloyati saylov okrugidan
23-Namangan viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Anvarxon Abdulazizxonovich Temirov 1989-yil 27-martda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida tug‘ilgan.
Millati – tojik. Ma’lumoti – oliy.
2010-yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi.
2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining a’zosi vasifasida ishlab kelmoqda.
U faoliyati davomida qonun ijodkorligi, ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid qonun loyihalarini ishlab chiqishda o‘zining fidoyiligini namoyon etgan.
Siyosiy yetuk, o‘z jamoasi va saylovchilar o‘rtasida hurmatga ega, yuqori malakali kadr.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Anvarxon Temirov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.