27-Namangan viloyati saylov okrugidan
27-Namangan viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Munira Mahamadjanovna Kaxarova 1980-yil 23-fevralda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2001-yili Namangan davlat universitetini bakalavr, 2005-yili magistraturasini, 2017-yili O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranturasini tamomlagan. Ixtisosligi – huquqshunos, pedagog, siyosiy fanlar doktori (DSc).
2023-yildan O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.
Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Munira Kaxarova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.