October 19

13- Buxoro viloyati saylov okrugidan

Dilrabo G‘aybulloyevna Adizova

13- Buxoro viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Dilrabo G‘aybulloyevna Adizova 1972-yil 29-martda Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1995-yili Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ixtisosligi – matematika va informatika o‘qituvchisi.

2024-yildan Buxoro shahridagi 44-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vazifasida ishlab kelmoqda.

U pedagog sifatida yuzlab shogirdlarni yetishtirgan ustoz murabbiy. Maktab, mahalla, ota-onalar hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish foizini ko‘tarishga erishdi.

U nafaqat ta’lim tizimida, balki xalq orasida ham yaxshi tanilgan tashabbuskor, muhtoj insonlarga beminnat yordam beradigan halol, mas’uliyatli rahbar.

Oilali - ikki nafar farzandi bor.


Dilrabo Adizova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.