Yesterday

49-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Feruza Nazrullayevna Raxmatullayeva

49-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Feruza Nazrullayevna Raxmatullayeva 1959-yil 12-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1982-yili Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – davolash ishi. Tibbiyot fanlari nomzodi.

2021-yildanToshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muxofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.

U nazariy va amaliy tajribaga ega sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish jarayonlarida faollik va fidoyilik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajribaga ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

2020-yilda “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Feruza Raxmatullayeva aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.