October 20

30-Samarqand viloyati saylov okrugidan

Akmal Abduvaliyevich Abdusaidov

30-Samarqand viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Akmal Abduvaliyevich Abdusaidov 1985-yil 13-avgustda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2011-yili Samarqand davlat universitetini bakalavr, 2013-yili magistraturasini tamomlagan. Ixtisosligi – mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

2022-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.

A.A.Abdusaidov salohiyatli, nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lib, aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, mas’uliyatli inson.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Akmal Abdusaidov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.