October 19

18-Jizzax viloyati saylov okrugidan 

Mukadas Uktamovna Urazaliyeva

18-Jizzax viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Mukadas Uktamovna Urazaliyeva 1974-yil 20-fevralda Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1996-yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – pediatr.

2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi vazifasida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli va tajribali, aholini o‘ylantirib kelayotgan ko‘plab muammolarga yechim topishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida katta tajriba ega, mas’uliyatli, qat’iyatli va fidoiy inson.

Oilali, uch nafar farzandi bor.


Mukadas Urazaliyeva aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.