8-Andijon viloyati saylov okrugidan
8-Andijon viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Xushnudbek Zaynobidinovich Abduraximov 1985-yil 16-aprelda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2008-yili Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi.
2023-yildan Andijon viloyati soliq boshqarmasida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.
O‘ziga nisbatan talabchan, mehnatsevar, fidoiy va qat’iyatli inson sifatida hamkasblari va xalq orasida hurmat qozongan.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Xushnudbek Abduraximov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.