Today

38-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan 

Shaxnoza Xudoyberdiyevna Kadirova

38-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Shaxnoza Xudoyberdiyevna Kadirova 1985-yil 2-aprelda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2012-yili Termiz davlat universitetini bakalavr, 2014-yili magistraturasini tamomlagan. Ixtisosligi – pedagog, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

2022-yildan Termiz davlat pedagogika institutining “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

U nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi, aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan. 20 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, bir nafar farzandi bor.


Shaxnoza Kadirova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.