Today

42-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan

Firdavs Xolnazarovich Sharipov

42-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Firdavs Xolnazarovich Sharipov 1983-yili Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2007-yili Termiz davlat universitetini, 2024-yili Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati.

2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.

U qonun ijodkorligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib, ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid qonun loyihalarini ishlab chiqishda o‘zining fidoyiligini namoyon etgan.

Siyosiy yetuk, o‘z jamoasi va saylovchilar orasida hurmatga ega, malakali kadr.

Oilali, uch nafar farzandi bor.


Firdavs Sharipov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.