Today

40-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan 

Nasiba Shamsiddinovna Oripova

40-Surxondaryo viloyatisaylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Nasiba Shamsiddinovna Oripova 1978-yil 14-fevralda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.

Millati – tojik. Ma’lumoti – oliy.

2000-yili Dushanbe davlat tadbirkorlik va xizmat institutini tamomlagan. Ixtisosligi – moliya va kredit.

2009-yildan Sariosiyo tumanidagi “Baxrulloi Rustam chorvador” xususiy korxonasi rahbari vazifasida sifatida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan. Aholini ish bilan ta’minlashda faollik ko‘rsatib kelmoqda.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, besh nafar farzandi bor.


Nasiba Oripova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.