Today

41-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan 

Natalya Bazarovna Radjapova

41-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Natalya Bazarovna Radjapova 1985-yil 3-noyabrda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tug‘ilgan.

Millati – tojik. Ma’lumoti – oliy.

2016-yili Termiz davlat universitetini bakalavr, 2018-yili magistraturasini tamomlagan. Ixtisosligi – tilshunos.

2023-yildan Termiz davlat universiteti Rus tilshunosligi kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan. 10 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi hisoblanadi.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.


Natalya Radjapova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.