6-Andijon viloyati saylov okrugidan
6-Andijon viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Xolisxon Ummatovna Maxsudova1980-yil 4-avgustda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek.Ma’lumoti – oliy.
2005-yili Andijon davlat universitetining bakalavr, 2007-yili magistratura bosqichini tamomlagan. Ixtisosligi – ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchisi, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD).
2023-yildan Andijon mashinasozlik institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Utilshunos olima sifatida yuzlab shogirdlarni yetishtirgan, siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Xolisxon Maqsudova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.