October 23, 2024

53-Farg‘ona viloyati saylov okrugidan

Nigora Abdurashidovna Kadirova

53-Farg‘ona viloyatisaylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Nigora Abdurashidovna Kadirova 1970-yil 29-martda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1992-yili Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ixtisosligi – rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi.

2023-yildan Qo‘qon davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelmoqda.

Unazariy va amaliy tajribaga ega salohiyatli rahbar sifatida o‘zini namoyon etib, ko‘plab ilmiy ishlarning muallifi hisoblanadi. Uning ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash borasidagi qator takliflari ta’lim tizimi rivojlanishida keng qo‘llanilmoqda.

Siyosiy yetuk, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida tajriba to‘plagan, mas’uliyatli, qat’iyatli va fidokor inson.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Nigora Kadirova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.