Today

39-Surxondaryo viloyati saylov okrugidan 

Shahnoza G‘affarovna Normurodova

39-Surxondaryo viloyatisaylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Shahnoza G‘affarovna Normurodova 1983-yil 1-noyabrda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2007-yili Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2009-yili Samarqand davlat tibbiyot instituti klinik ordinaturasini tamomlagan. Ixtisosligi – akusher-ginekolog.

2024-yildan Surxondaryo viloyati Perinatal markazi akusher-ginekologi vazifasida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, tajribali shifokor ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, bir nafar farzandi bor.


Shahnoza Normurodova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.