Yesterday

46-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Mirjavxar Mirmaxmud o‘g‘li Mirxomidov

46-Toshkent viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Mirjavxar Mirmaxmud o‘g‘li Mirxomidov 1992-yil 17-noyabrda Toshkent viloyati, Parkent tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2015-yili Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – neft va neft-gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish.

2020-yildan “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali direktorining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandisi vazifasida ishlab kelmoqda.

U nazariy va amaliy tajribaga ega salohiyatli rahbar sifatida o‘zini namoyon etgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, yuksak salohiyatli tashkilotchi, fidoyiligi bilan hamkasblari orasida hurmat qozongan mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.


Mirjavxar Mirxomidov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.