October 20

28-Samarqand viloyati saylov okrugidan 

Baxtiyor Axmedovich Yangiyev

28-Samarqand viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Baxtiyor Axmedovich Yangiyev 1965-yil 29-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

1988-yili Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi.

2020-yildan “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” Samarqand filiali direktori vazifasida ishlab kelmoqda.

U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilanishiga o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. Mas’uliyatli va qat’iyatli inson sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatmoqda.

Oilali – bir o‘g‘li, bir qizi bor.


Baxtiyor Yangiyev aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.