April 28, 2019

“Yoshlar kelajagi-qonunga rioya qilishdan boshlanadi” loyihasi Sariosiyo tumanida davom etdi

Joriy yilning 26-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Tibbiyot kollejida “Yoshlar kelajagi-qonunga rioya qilishdan boshlanadi” loyihasi doirasidagi targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan ushbu targʻibot tadbirida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar Kengashining masʼul xodimlari N.Jumayev, B.Jumayev, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sariosiyo tuman Kengashi bosh mutaxassisi A.Qulfiddinov va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi xodimi M.Nodirovlar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan targʻibot tadbirida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, mehnat migratsiyasi, odam savdosining ayanchli oqibatlari shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi toʻgʻrisida tushuncha va maʼlumotlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiya topishlari, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarga dahldorlik hissi bilan yashash kerakligi toʻgʻrisida ham maʼruzachilar tomonidan yigʻilganlarga targʻibot ishlari olib borildi. Shuningdek targʻibot tadbiri ochiq muloqot tarzida oʻtib, yoshlarga mamlakatimizdagi xalqaro mamlakatlarning elchixonalar, vakolatxonalar haqida tushunchalar berilib, yoshlar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va faol ishtirok etgan yoshlarga Yosh huquqshunoslar Kengashi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, Oila Kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks va boshqa huquqiy yoʻnalishlardagi kitoblar jamlanmasi sovgʻa sifatida berildi. Targʻibot tadbirida talaba yoshlar, oʻqituvchilar va vaqtincha ishsiz yoshlar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan ushbu tadbirda oʻquvchi yoshlarga “Yoshlar kelajagi-qonunga rioya qilishdan boshlanadi” loyihasining mazmun mohiyati, Yosh huquqshunoslar Kengashi faoliyati toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtildi.

Bundan tashqari oʻzi bilib bilmay jinoyat yoʻliga kirib qolgan, qilgan ishini jinoyat ekanligini anglab yetmagan koʻplab yoshlarga, Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etilganligi va ushbu toifadagi yoshlar bilan alohida dastur asosida ishlanayotganliklari toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.

Tadbir soʻngida oʻquvchi yoshlarga huquqiy savodxonlikni oshiruvchi, yoshlar ittifoqi faoliyati va yoshlar jinoyatchilikka qarshi mavzularida bukletlar tarqatilib, videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek targʻibot tadbirlari Jarqo'rg'on tumanidagi Qoraburo mahallasida ham oʻtkazilib, ushbu mahallalarda "huquqiy savodxonlik" burchaklari tashkil etildi va aholining huquqiy ongini hamda savodxonligini oshiruvchi kitoblar, tarqatma materiallar va broshuralar Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan sovgʻa sifatida berildi.