April 29, 2019

Targ‘ibot tadbirlarining navbatdagisi Qashqadaryoda davom etdi

2019-yil 27-aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani pedagokika iqtisodiyot kasb-hunar kollejida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Yosh huquqshunoslar Kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar kelajagi-qonunga rioya qilishdan boshlanadi” loyihasi doirasida navbatdagi targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Kengash xodimlari tomonidan mamlakatimizda qabul qilingan yoshlarga oid Qonun, qaror va Farmonlarning asosiy maqsad va mazmuni, mehnat migratsiyasi, chet davlatlarda oʻz huquqlarimizni qaysi idoralar himoya qilishlari toʻgʻrisida batafsil hamda qizgʻin interaktiv usullar orqali tushunchalar berildi.

Tadbirga tumanning barcha hududidan yoshlar taklif etildi va tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga Kengash xodimlari tomonidan esdalik huquqiy adabiyotlar taqdim etildi.

Shuningdek, shu kuni G‘uzor tumani Moliya iqtisodiyot kollejida ham targ‘ibot tadbirlari davom etib, unda tuman hokimi oʻrinbosari E.Tilayev ishtirok etib yoshlarga bugungi kunda yaratilgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish, yoshlarni tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishlarini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida fan hamda sport toʻgaraklariga muntazam qatnashish toʻgʻrisida ta’kidlab oʻtdi.

Tadbir davomida yoshlarga Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan tayyorlangan videoroliklar ham namoyish etildi.

Tadbir soʻnggida faol qatnashgan ishtirokchilarga Kengash xodimlari tomonidan huquqiy adabiyotlar taqdim etildi.

Kun davomida Yosh huquqshunoslar Kengashi xodimlari Gʻuzor tuman “Tinchlik” MFYda boʻlishib, mahalladagi yoshlarning huquqi ongi va madaniyatini yanada oshirish maqsadida mahalla guzarida huquqiy maslahatxona burchagini ham tashkil etildi.