February 20, 2025
Oltinchi mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasida Kogon tuman YXKM boshlig‘i H.To‘xtayev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Oltinchi mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasida Kogon tuman YXKM boshlig‘i H.To‘xtayev ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, yurtimizda qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlar, ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Suhbat so‘ngida mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tadbir ishtirokchilari tomonidan javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad shaxsiy tarkibni huquqiy bilimini oshirishdan iborat.