Kogon tuman YXKM tomonidan 2/25-son hayat yig’ilishi bayonnomasi ijrosini ta'minlash
Kogon tuman 9-maktab rahbariyati va menejeri o'rtasida “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjatlarga xulosalar berish,hujjatlarning ijro intizomiga rioya etilishi va hujjatlarni rad etilishiga sabab bo’layotgan kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi hamda hujjatlarning qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan targ’ibot ishlari olib borilib, kunlik nazorat amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xodimlarni (asosiy, vaqtincha, ichki va tashqi o’rindoshlik asosida) ishga qabul qilishda, doimiy boshqa ishga o’tkazishda malaka talablariga rioya qilinishi yuzasidan kadrlar bilan ishlash xodimining javobgar ekanligi, shuningdek, Kasaba uyushmalari va maxsus komissiyalari yig’ilish bayonining qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan har qanday buyruq asosida amalga oshirilgan munosabatlarning qonuniyligi, haqqoniyligi bo’yicha yig’ilish bayoniga imzo chekkan yig’ilish kommisiyalarining har bir a'zosi javobgar ekanligi belgilab berilganligi tushuntirib o'tildi
Shuningdek, tashkilotning barcha hujjatlari belgilangan tartibda “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali va Markaz xulosasi asosida qabul qilinishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.