February 20, 2025

Korrupsiya — tamagirlikning yuqori nuqtasi.

Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisi bir asrlik mustamlakachilik davrida yoʻqotilgan moddiy hamda maʼnaviy boyliklar oʻrnini qayta tiklash, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy oʻzlikni asrash yoʻlida kechayu kunduz mehnat qiladigan davr keldi.

Joriy yilning 7 - fevral kuni, Kogon tuman adliya boʻlimi huzuridagi yurudik xizmat koʻrsatish markazi, Respublika ma'naviyat va marifat markazi Kogon tuman boʻlinmasi , tuman hokimi davlat tilida ish yurutish boʻyicha maslahatchisi hamkorligida , "Soliq tizimida, korrupsiyaviy holatlarni oldini olish" yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda kun tartibidagi mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar, qabul qilingan qarorlar muhokamasi, shuningdek, ushbu tizimdagi faoliyat yuzasidan maruzalar tinglandi.