March 6, 2025

Kogon tuman YXKM tomonidan 14-sonli DMTT  1-sonli qaror ijrosi yuzasidan tadbir tashkil qilindi

PQ–1-son qarori yuzasidan Adliya vazirining 2025-yil 3-fevraldagi 39-um-son buyrug‘i 1-ilovasi nazorat rejasi 4.5-bandlarini ijrosini ta'minlash maqsadida maktab va mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazish, huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligini oshirish borasida Ijtimoiy profilaktikaga oid, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli boʻlgan yoshlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam koʻrsatilishi borasida tushuntirishlar berildi.

O'rnatilgan ma’muriy ishda roʻyxatdan oʻtgan huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish boʻyicha xulosalar ijroga qaratilishi, har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat oʻrnatilishi, “mahalla ettiligi” va koʻmaklashgan mahalla xodimlari faoliyati to'g'risida, kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etilishi va “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilanganligi to’g’risida tushuntirishlar berildi