December 23, 2024

“Huquq maktabi” mobil ilovasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari

Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi hamda “Huquq ta’limi” telegram kanalini yanada takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati yuridik texnikumida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida mobil ilovani Telegram kanalida yanada ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rildi shuningdek, ta’lim muassasalarida ilovani yaratishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, undagi imkoniyatlar to‘g‘risida suhbat olib borildi.
Suhbat jarayonida “Huquq maktabi” mobil ilovasi orqali 30 nafardan ortiq yosh undan ro‘yxatdan o‘tganini va test jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotgani ma’lum bo'ldi.

Huquq maktabi mobil ilovasini yanada ommalashtirish bo‘yicha boshqa ta’lim muassasalarida ham tashkiliy choralar amalga oshirib kelinmoqda.